Rikardo Kaka: "Gollar soni yoki statistika bizga qiziq emas"
20 sen 2024 17:40
Yangiliklar
Rikardo Kaka: "Gollar soni yoki statistika bizga qiziq emas"
Jahon chempionati 2-turidan o'rin olgan Liviya – Qozog'iston (1:4) uchrashuvidan so'ng Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Rikardo Kaka o'yin haqida fikrlarini bildirdi.

"Muhimi, g'alaba qozonish edi. Kimdir ko'proq gol urish kerakligini takidlayotgandi, ammo bunday deyayotgan insonlar jamoamizni yaxshi bilmas ekan. Biz har doim g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz.
Ko'proq gollar urilishi muxlislarga yoqishi mumkin, lekin bizga uch ochko undan muhimroq edi. Liviya ham juda tartibli va sabrli jamoa ekan.
Uchinchi turda ham faqatgina g'alaba qozonish uchun parketga chiqamiz. Gollar soni yoki statistika bizga qiziq emas", – dedi Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Rikardo Kaka.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar