So’nggi yangiliklar

23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  0 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  5 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  26 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  1 21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  25 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  21 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  2 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  74 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  6

Rifat Akramxo'jaev: "Asosiy maqsad yaxshi futbolchilarni tarbiyalab berish" Yangiliklar

Rifat Akramxo'jaev: "Asosiy maqsad yaxshi futbolchilarni tarbiyalab berish"

"Lokomotiv" U-18 jamoasiga bosh murabbiy etib Rifat Akramxo'jaev tayinlandi.

Bu yil ham PFL tomonidan Respublika U-18 birinchiligi tashkil etiladi. Faqat avvalgi ikki yilda o'tkazilgan musobaqadan farqli o'laroq bu yilgisi Superliga va U-21 yoshlar ligasi bilan birgalikda parallel ravishda olib boriladi. 

Yani Superliga uchrashuvlaridan bir kun oldin jamoalarning o'rinbosarlari o'yin o'tkazsa, ikki kun oldin U-18 jamoalari o'zaro maydonga tushishadi. Rifat Akramxo'jaev "Lokomotiv" U-18 jamoasining mavsumga tayyorgarligi haqida gapirib berdi.

 

Tayyorgarlik haqida 

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni 6 yanvardan boshladik. Hammasi reja bo'yicha olib borildi. Bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazib shu orqali futbolchilarni tekshirib oldik. 26 fevral kuni "Andijon"ga qarshi bahs bilan mavsumni boshlaymiz. O'ylaymanki, ushbu mavsumda jamoamiz o'zini ko'rsata oladi. 


"Bunyodkor" U-18ga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yini haqida 

- O'yin yaxshi o'tdi. Futbolchilar imkoniyatlardan foydalanib raqib darvozasiga uchta to'p kiritishdi. Lekin nazorat bahsida baribir asosiy etibor o'yinchilarni tekshirib olishga qaratilgan bo'ladi. Muhimi rasmiy bellashuvlarda o'zimizni qanchalik ko'rsata olishimizda. 


Tarkib haqida 

- Tarkibdan ko'ngil to'q. 9 dekabrdan "Lokomotiv" U-21 jamoasi uchun selekciya ishlarini boshlagandik. Keyin U-18 uchun yaxshi futbolchilarni taklif eta boshladik. Viloyatlardan o'zimizga maqul kelgan yoshlarni safimizga jalb etdik. 


"Lokomotiv" U-18 oldiga qo'yilgan vazifa haqida 

- Albatta, biz ham chempion bo'lishga va har bir o'yinda o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Hammaga yaxshi malum, "Lokomotiv" o'z oldiga faqat yuqori maqsadlarni qo'yib keladi. Lekin o'z navbatida biz uchun eng muhimi asosiy tarkibga munosib futbolchilarni etkazib berish va bu yo'lda eng shimarib ishlaymiz.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика