Riberining fikricha, Levandovski ikkita "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi kerak edi
25 fev 2022 21:25
Yangiliklar
Riberining fikricha, Levandovski ikkita "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi kerak edi
"Bavariya"da uzoq vaqt to'p surgan "Salernitana"ning 38 yoshli yarim himoyachisi Frank Riberi "Oltin to'p" topshirish marosimi haqida gapirdi.
Uning fikricha, Myunxen klubining polshalik hujumchisi Robert Levandovski ushbu sovrinni allaqachon ikki marta qo'lga kiritishi kerak edi.
Riberi Sky Sport Italia bilan suhbatda Levandovskini so'nggi paytlarda dunyoning eng yaxshi hujumchisi deb atadi. Uning fikricha, polyak forvardida “chempion”ga xos barcha fazilatlar mavjud. Franciyalik futbolchi, shuningdek, Levandovski o'z ustida tinimsiz shug'ullanayotgani hamda jamoasiga ulkan yordam berayotganini takidladi.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilda Levandovski sovrinni olish uchun favorit edi, biroq marosim bekor qilingandi. 2021 yilda esa Lionel Messi "Oltin to'p" sohibiga aylangandi.
Fikrlar