Riberining agenti: "Loko" bilan muzokaralar davom etmoqda, ammo Frankning oilasiga Rossiyada qiyin bo'ladi"
13 avg 2019 13:11
Yangiliklar


Riberining agenti: "Loko" bilan muzokaralar davom etmoqda, ammo Frankning oilasiga Rossiyada qiyin bo'ladi"
Yarim himoyachi Frank Riberining agenti Jan-Per Berne mijozi Moskvaning "Lokomotiv" klubiga o'tishini istisno qilmadi.
- Aytganimdek, "Lokomotiv" Frankning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Taklifga rad javobi berilgani yo'q, muzokaralar davom etmoqda.
Ammo, ko'p narsa xavfsizlikka bog'liq, chunki Frankning oilasiga Rossiyaga ko'chib o'tish qiyin kechadi. Oila esa uning uchun birinchi o'rinda turadi. SHunday ekan, oxirgi so'zni undan eshitamiz, - deydi futbolchining agenti.
Riberi yakunlangan mavsum "Bavariya" safida 38ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assistga erishgan.
Futbolchi faoliyatini Franciyaning "Bulon" klubida boshlagan. U "Bavariya" va "Bulon"dan tashqari "Olimpik Ales", "Brest", "Mec", "Galatasaroy" va "Marsel" kabi jamoalarda ham o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar