Riberi: "Xulosaga hali erta"

Mirjalol Normatov
4 apr 2018, 13:50
"Bavariya" futbolchisi Frank Riberi YCHL 1/4 finali doirasida "Sevilya" bilan o'tgan uchrashuv xususida to'xtaldi.

"Biz o'yinni yaxshi boshlagandik. Biroq hujumda omadsiz harakat qildik. Tanaffusda Xaynkess xatolarimizni tushuntirib berdi.

Ikkinchi bo'limda "Bavariya" haqiqatdan ham ajoyib futbol namoyish etdi. Safarda g'alaba qozonganimiz juda ajoyib bo'ldi. Shunday ruhda davom etish kerak. Bu turnirda xato qilib bo'lmaydi. Hozircha yarim final haqida o'ylashga ertaroq", - dedi Riberi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru