Riberi: "Ronalduning maskalari - chiroyli chiqdi, ammo "Bavariya" muxlislari ajoyib"
29 noy 2013 18:15
Yangiliklar


Riberi: "Ronalduning maskalari - chiroyli chiqdi, ammo "Bavariya" muxlislari ajoyib"
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi "Real" - "Galatasaroy" uchrashuvida 45 ming muxlisning Krishtianu Ronaldu maskasini kiyib uni qo'llab-quvvatlaganiga o'z munosabatini bildirdi.
"Bu juda chiroyli chiqdi, ammo "Bavariya" muxlislarining menga bo'lgan munosabati bundan ham kuchliroq. Ularning meni qanchalik sevishlarini juda yaxshi bilaman shu bois bunday yo'l bilan isbotlashni keragi ham yo'q. "Bavariya" muxlislari meni sevishadi, bunga har kuni yanada kuchliroq tarzda ishonib borayapman".

Fikrlar