Riberi jurnalistga qo'l ko'tardi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2018, 12:24
"Bavariya" yarim himoyachisi Dortmundning "Borussiya"siga qarshi Bundesliganing 11-tur uchrashuvidan (2:3) so'ng janjalda ishtirok etdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'yin yakunlanganidan so'ng klub avtobusi oldida jurnalist Patrik Giyyu bilan uchrashdi. Ular janjallashib qolishdi va futbolchi hamyurtiga 3 marta shapaloq tushirdi va uning ko'kragiga zarba berdi.

Ma'lum bo'lishicha, jurnalist futbolchini "Borussiya"dan o'tkazilgan 3ta golning 2tasida aybdor ekanligini aytgan. Bu esa fransiyalikka yoqmadi. Xavbek va jurnalist anchadan beri tanish edi.

Bugun "Bavariya" direktori Xasan Salixamijich Riberi va Giyyu sodir bo'lgan voqea bo'yicha uchrashishini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.de