RFI O'runovning yoshi to'g'risida gapirgan Yuranni jarimaga tortdi
20 jan 2021 18:37
Yangiliklar


RFI O'runovning yoshi to'g'risida gapirgan Yuranni jarimaga tortdi
RFI axloq qo'mitasi "SKA-Xabarovsk" bosh murabbiyi Sergey Yuranni "Spartak" yarim himoyachisi Oston O'runovning yoshi to'g'risida gapirgan gapi uchun 250 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi.
Eslatib o'tamiz, mutaxassis xavbekning pasportidagi yoshi kichraytirilgan degan edi.
O'runov "Spartak"ga 2020 yilning yozida "Ufa"dan o'tdi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
→ Yuran: “O'zbekistonda tanishlarim bor, O'runov yoshi haqida menga ko'pchilik aytgan”
O’xshash yangiliklar

Fikrlar