RFI bosh kotibi: "Ko'pchilik Rossiyaning qaytishiga rozi"
21 dek 2024 13:26
Yangiliklar


RFI bosh kotibi: "Ko'pchilik Rossiyaning qaytishiga rozi"
Rossiya futbol ittifoqi bosh kotibi Maksim Mitrofanovning aytishicha, ko'plab mamlakatlar Rossiyaning xalqaro futbolga qaytishini qo'llab-quvvatlamoqda.
- Bir oy oldin 60-70% mamlakatlar Rossiyaning qaytishini qo'llayotgani haqida aytgandingiz, vaziyat o'zgardimi?
- Bolgariyada bo'ldim, hamma Rossiyaning qaytishini kutmoqda.
- Hamma? Kimlar?
- Bolgariyada biz muloqot qilgan hamma. U erda 55ta associaciya yo'q edi, ammo Germaniya, Serbiya, CHernogoriya va boshqa mamalakatlar bor edi.
- Germaniya Rossiyaning qaytishini xohlayapti demoqchimisiz?
- Ha.
- Evropadan yana kimlar qaytishimizga qarshi emas?
- Norvegiya, SHveciya - ular UEFAning bazi boshqa savollar bo'yicha qo'lloviga muhtoj, ammo biznin qaytishimizga qarshi emas.
- Demak, bir nechta mamlakat qaytishimizni xohlamaydi?
- Bir nechta emas, 30% mamlakatlar.
- Kimlar qarshi?
- Masalan, Daniya - dedi RFI bosh kotibi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar