Reuters: "Sirli tulpor"dan "Oq bo'rilar"gacha bosib o'tilgan yo'l haqida
08 jan 2015 11:51
Yangiliklar

Reuters: "Sirli tulpor"dan "Oq bo'rilar"gacha bosib o'tilgan yo'l haqida
O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kuboklaridagi ishtirokini har musobaqada yaxshilab kelmoqda.
Jumladan, Osiyo Kubogidagi ilk ishtirokidan - 1996 yilgi bahslardan to hozirgacha O'zbekiston sirli tulpordan haqiqiy Oq bo'rilarga aylandi. Endilikda ular to'rt yil oldingi musobaqaning yarim finalchisi sifatida Avstraliyada barcha raqiblari uchun haqiqiy kuch sifatida etirof etiladilar.
Mustaqillikka erishgach ilk rasmiy o'yinini 1992 yilda o'tkazgan va ko'pchilik uchun notanish bo'lgan jamoa bugunga kelib o'z falsafasi va taktikasiga ega kuchli jamoalardan biriga aylandi. 2007 yili chorak finalda musobaqani to'xtatgan, ammo to'rt yil oldin yarim finalga qadar etib borib Avstraliyadan yirik hisobda mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, Oq bo'rilar bu safar undan ham yuqoriroq maqsadni ko'zlaganlari aniq.
Ayni damda FIFA reytingida 74-o'rinni egallab turgan va Osiyoning to'rtinchi jamoasi bo'lib turgan O'zbekiston Osiyo Kubogi B guruhida Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDRga qarshi bahs olib boradi. Finalga chiqish uchun esa Avstraliya yoki Janubiy Koreya bilan bellashishi aniqqa o'xshaydi.
Qatarda Avstraliyadan 0:6 hisobida mag'lubiyatga uchragan va Janubiy Koreyadan 5 pog'ona pastda joylashgan O'zbekiston Braziliyadagi Jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmadi va ayni damda jamoa avlodlar almashinuvi kuzatilayotgandek.
Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov esa barchaga tanish. Tarkibda bir qancha istedodli futbolchilar bo'lsa ham, asosiy kuch sifatida terma jamoa sardori Server Jeparovdan umid katta. Terma jamoa safida 100tadan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan, ikki marotaba Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan 32 yoshli yarim himoyachi o'zining yulduzli faoliyatini sovrin bilan tugatishni istamoqda.
Ayrim paytlarda ikkinchi hujumchi sifatida ham o'ynay oladigan Jeparov shuningdek, ajoyib qisqa paslari, raqib darvozasi oldida havf yaratish va har qanday masofadan gol ura olish qobiliyatiga ega. Uning yarim himoyadagi sheriklari Odil Ahmedov va Sardor Rashidovlarga ham katta masuliyat yuklatilgan. Boisi, Maksim SHackix va Ulug'bek Baqoev kabi hujumchilarning faoliyatini tugatishi, yarim himoyachilarga katta masuliyat yuklashi tabiiy.
O'zbekiston Osiyo O'yinlariga bir qancha kuchli terma jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari orqali tayyorgarlik ko'rdi. KXDRga qarshi musobaqadagi ilk o'yinda g'alaba qozona olsalar, bukmekerlar tomonidan g'oliblik uchun 5-o'rinda qayd etilgan O'zbekistonning bu borada imkoniyati yanada mustahkamlanadi.

Fikrlar