So’nggi yangiliklar

06:30Серия А. "Удинезе" - "Наполи" 1:1   0 02:08Лига 1. "Лион" 10 дақиқада 3та гол уриб, ажойиб камбэк ижро қилди  2 02:00АПЛ. "Кристал Пэлас" МЮни "ер тишлатди"  27 01:47А Серия. "Наполи" "Удинезе" билан дуранг ўйнади ва келаси мавсум ЧЛда ўйнаш имкониятидан деярли маҳрум бўлди  1 01:04БАА. Азиз Ғаниев жамоаси чемпионлик учун курашни давом эттирмоқда  1 00:35Файзуллаев гол урди, бироқ ЦСКА сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  17 00:33Эрон. Машарипов гол урган баҳсда "Истиқлол" ғалабага эришди  1 23:34Жуд Беллингем нега "Реал"да 5 рақамини танлаган?  7 22:52Лондон клуби мавсум охирида мураббийи билан хайрлашади  1 22:32АПЛнинг бугунги баҳсида ҳакамга камера илиб қўйишади  8 22:03Остон Ўрунов бир киши кам бўлиб қолган "Персеполис"ни қутқарди  15 21:40Жамшид Саидов: "Биринчи бўлимда хатоларимиз кўп бўлди"  1 21:36Виталий Левченко: "Ғалабани қўлдан чиқардик"  23 21:21"Реал" кейинги баҳсда чемпионликни нишонлашни хоҳламаяпти  6 20:55FourFourTwo рейтинги. Алонсо учинчи, Анчелотти тўртинчи ўринда  13

Retro-4. Nazarovning boshlang'ich tarkibdagi so'nggi o'yini... Yangiliklar

Retro-4. Nazarovning boshlang'ich tarkibdagi so'nggi o'yini...

2006ga oid suratlarim yig'ilgan fayllarni sanab chiqdim, roppa-rosa 60ta ekan. Yani 60ta tadbir.

Ularning ichida futbol uchrashuvlari, matbuot anjumanlari va MTJning mashg'ulotlarini ko'rishingiz mumkin. "Retro" loyihamiz orqali suratlarni birma-bir berib boramiz.

10 oktyabr kuni qayg'uli xabardan voqif bo'ldim. Dilmurod Nazarov vafot etgan edi. Hozirgi avlod uni tanimaydi. 90-yillar futboli bilan tanish bo'lgan muxlislarning esa u tom manodagi kumiri edi. O'yin taqdirini bir o'zi hal qilib qo'ya olishi mumkin bo'lgan kam sonli futbolchilardan biri edi. Bu gaplarni shunchaki vafotidan keyin yaxshi gaplar bilan eslash uchun yozmayapman. Uning tobutini ko'rar ekan, Pavel Bugaloning ko'zidagi yoshni ko'rib etingiz jimirlardi. U paytlar na internet, na TV na boshqa OAVda futbolchilarni yaqindan bilmasdik. Lekin "Paxtakor" muxlislari Dilmurod Nazarov deganda bo'yi past, chayir va juda ham tezkor bo'lgan futbolchini stadiondagi driblinglariga qarsak chalardilar. Yuqori tezlikni texnika bilan birvarakayiga olib boradigan sanoqli futbolchilardan biri bu Dilmurod Nazarov edi.

90 yillarning boshida o'rtamiyona klub darajasiga aylanib qolgan "Paxtakor"ni tashlab ketmagan Nazarovni bir o'zi yuludzli tarkibga ega MHSKdan uch ochkoni tortib olganini yoshi katta muxlislar juda yaxshi eslaydilar.

Bosh hakam o'yin tizginini qo'ldan chiqarib yuborgandi. Hikmat Ergashev va Stanislav Morgulis muddatidan avval maydondan chetlatiladilar. Uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga jami 15000 nafar muxlis tashrif buyurgan, shulardan 90% "paxtakorchilar" edi. 


MHSK - "Paxtakor"  0:1

13.05.1996. 4-tur. 15000 tomoshabin. 

Gol: Dilmurod NAZAROV (87).


Kim biladi, balki Bugalo uning tobutini ko'rar ekan, 1996 yilning o'n uchinchi mayida bo'lib o'tgan o'yin ko'z oldidan o'tganmikin. So'nggi yo'lga kuzatayotgan do'stini gol urib maydon bo'ylab "gol", deya nishonlayotgani ko'z oldidan o'tgandir...

"Retro" loyihasi uchun intervyu berar ekan, Bugalo do'sti haqida shunday deydi:

- Dilmurod bilan yoshlikdan birga o'sganmiz, desam mubolag'a bo'lmaydi. Uning yaxshi sifatlari judayam ko'p edi. Maydon tashqarisida sadoqatli do'st, ochiqko'ngil va mard yigit edi. U hamma bilan kirishimli bo'lgan. Dilmurod Nazarovning futbolchi sifatlariga va undagi qobiliyatga qoyil qolardim. Zo'r hujumchi bo'lgan. Tezlik va dribling borasida unga etadigani yo'q edi. U yarimta imkoniyatni ham golga aylantirishga urinardi. Bazi o'yinlar bo'lardiki, yo'q joydan gol urib, jamoani qutqarib ketardi. Ayniqsa, o'sha paytlari MHSK va "Paxtakor" o'rtasida qiziq kurash kechardi. Qaysidir yil biz MHSK bilan o'yinda maydonda 9 kishi bo'lib qoldik. Mana shunday og'ir pallada Dilmurod Nazarov raqib darvozasini ishg'ol qilib, Paxtakorga g'alaba olib kelgandi. Undagi istedod va mahoratni ochig'i hali boshqa bir futbolchida ko'rganim yo'q. Bunday do'stimdan ayrilganimga ishongim kelmaydi.

Buni qarangki, 90-yillarda o'yinini yoshligim tufayli ko'p ham ko'ra olmaganim Dilmurod Nazarovning futbolchilik hayotidagi eng so'nggi (!) suratini olish menga nasib etgan ekan. Aniqrog'i, boshlang'ich tarkibdagi. 1976 yilda tug'ilgan futbolchi faoliyatini 30 yoshda "Navbahor"da yakunladi. Birinchi davradan keyin futbol bilan xayrlashgan hujumchi shu yili 9ta o'yinda maydonga tushib uchta gol muallifi bo'ladi. So'nggi marotaba aynan "Traktor" bilan Toshkentda kechgan o'yinda u asosiy tarkibdan joy olgan edi. Bu 10-tur uchrashuvi edi. Keyingi turda maydonga tushmagan Nazarov 12 va 13-turlarning ikkinchi bo'limlarida maydonga tushib 21 hamda 28-daqiqadan maydonda to'p tepadi. 10 iyun kuni Namanganda bo'lib o'tgan "Navbahor" - "So'g'diyona" o'yini uning faoliyatidagi eng so'nggisi bo'ldi. 

"Retro" uchun fotosuratlarni birma-bir tomosha qilib chiqar ekanman. Aynan quyida siz ko'rib turgan surat, "Traktor" - "Navbahor" o'yinini tanlashimga sabab bo'ldi. Bu erda Dilmurod Nazarov "Navbahor"da navbatdagi reydini amalga oshiryapti.



"Traktor" - "Navbahor" - 1:1 (0:0)

19.05.2006. 10-tur. Toshkent. "Traktor" stadioni. 2000 tomoshabin. 

Bosh hakam: Viloyat Najafaliev - 8,2

Gollar: Ilhom Mo'minjonov (79) - Mirzoev Orif (76).

"Traktor": Rustam Iskanderov, Aleksey Pronchenko (Bahodir Qodirov, 46), Bahrom Yuldashev, Timur Ayzatullov, Rustam Boqiev, Sergey Bakanov, Vitaliy Pochuev, Muqim Toshmatov (SHoxruh Mansurov, 78), Karlen Abramov (Olim Novkarov, 46), Pavel Solomin, Ilhom Mo'minjonov.

"Navbahor": Oleg Belyakov, SHavkat Raimqulov, Aleksandr Xvostunov, Murod Hamroev, Didar Hojiev, Davletmurat Otaev (Dilshod Jabborov, 75), Orif Mirzoev, Dilmurod Nazarov (Abdulaziz Sultonov, 69), Yorqin Nazarov, Sergey Tokov (Muxtor Fozilov, 65), Ildar Yuldashev.

Ogohlantirishlar: Bahrom Yuldashev (13), Davletmurat Otaev (21), Ildar Yuldashev (56), Murad Hamroev (58), Ilhom Mo'minjonov (89).


Menga Vadim Abramovni ikkita jamoasi yoqqan. Biri 2004/06 yillardagi "Traktor", ikkinchisi Qatar yashil maydonlaridagi O'zbekiston milliy terma jamoasi. Abramov "Nbu-Osiyo"dan ketib "Traktor"ni qabul qilib olganida, unda avariya holatidagi bazasi bilan stadion bor edi. SHuning uchun "Traktor"ga asosan jamoa topa olmagan va faoliyatini tugatish niyatidagi futbolchilar kelishardi. Mukofotlar ham qiziq uslubda to'lanardi. "Traktor" g'alaba qozonsa, futbolchilar 100 AQSH dollari olardi. Keyingi o'yinda ham g'alaba bo'lsa, mukofot puli ikkiga ko'payardi. SHu tariqa oshib borardi. Agar jamoa mag'lubiyatga uchrasa yana 100 AQSH dollaridan boshlanardi. Balki tajribali futbolchilar ko'proq olgandir, ammo o'sha paytda men tanigan yoshlarni mukofotlash tartibi mana shunday edi. Faxriy futbolchilar o'yinga 2-3 soat qolganda stadionga kelardilar. Yoshlar esa klubga ajratilgan baza, aslida sobiq bolalar bog'chasidan chiqardilar. O'yin tugagach ikkita dona dush talash. Aksar futbolchilar uylarida cho'milishni maqul ko'rardi. Pochuev va Boqiev 101-avtobusga chiqib uyga ketardi. Ular orasida ko'pincha Marat Miftaxutdinovni ham ko'rardim. Baza deb atalmish bog'chada ikkita xona bo'lardi. Biri kichik, uchta kravat bir - biriga taqalib turadigan. U erda asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchilardan uch nafari yotardi. Ikkinchi xona esa haqiqiy bog'cha zali edi. 12taga yaqin karavot. O'sha paytlarni yodga olsam, 10 yil ichida futbolimizning moddiy texnika bazasi tubdan o'zgarib ketganini ko'rib quvonib qo'yaman. Haqiqatdan ham avvalgi bazalar bilan hozirgisini solishtirib bo'lmaydi. Ammo o'sha paytlardagi o'yinlarni nafaqat men, balki barchangiz sog'ingan bo'lsangiz kerak.

Abramovning bir odati bor edi. Agar "Lokomotiv"ning birorta o'rtoqlik uchrashuvini tomosha qilish uchun borsangiz, bunga o'zingiz ham guvoh bo'lasiz. "Traktor" uy o'yinlarining birortasida Vadim Karlenovich o'yinni zaxira o'rindig'idan kuzatmasdi. SHogirdlarini maydonga boshlab tushardi-da, o'zi 5ta o'rindiqqa ega bo'lgan VIP tribunaga chiqib ketardi. Doimo oldida hozir "Lokomotiv" o'rinbosarlari safida to'p tepayotgan kenja o'g'li Karen Abramov bo'lardi. 



Yorqin Nazarov 2006 yilni ukasi bilan bir jamoada o'tkazgan edi. Yodingizda bo'lsa keyinchalik futbolchi "Quruvchi" safidan o'rin olgan.



O'ng tomondan ikkinchi Karlen Abramov. Belyakov Mo'minjonov bilan ko'rishyapti. Undan bitta keyingisi Temur Ayzatulov, Bahrom Hakimov, Karlen Abramov va Aleksey Pronchenko.



Mazkur uchrashuvga bor-yo'g'i 10 yil to'ldi. Ammo uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan 22 nafar futbolchidan ikki nafari hozir oramizda yo'q. Dilmurod Nazarov haqida yozib o'tdik. 1987 yilda tavallud topgan "Traktor" hujumchisi Karlen Abramov 2007 yilgi mavsumda ketma-ket etti uchrashuvda 9ta gol urishga erishadi. Bu 20 yoshli futbolchilar orasida O'zbekiston rekordi hisoblanadi. 2007 yil so'nggiga kelib "Traktor" rasman bankrot deb topiladi va jamoaning faoliyatiga nuqta qo'yiladi. SHunda ko'pchilik futbolchilar "Navbahor" safidan joy oladilar. 2008 yil Karlen uchun omadsiz keldi. U bor-yo'g'i bitta o'yinda gol urgan, xolos. Afsuski, mavsum yakuniga etgach Toshkentda dam olayotgan Karlen avtohalokat qurboni bo'ladi. 

Keling, endi qisqacha o'yinga to'xtalamiz. Gochkuli Gochkuliev turkman futbolini "Paxtakor" orqali reklama qilib olgach, oliy ligamizda qo'shnilarimizning soni yil sayin osha boshlagandi. O'sha yili "Nasaf", "Traktor" va "Navbahor" safida bir mavsumda uch nafar turkmanistonlik legioner to'p tepgan. "SHo'rtan" bu borada rekord qo'ygandi, Gevorkyandan tashqari yana uch nafar turkmanistonlik futbolchi bo'rilar safida maydonga tushgan. Jami 20 nafar Turkmaniston azosi 2006 yil oliy ligamizda to'p tepgan edi.

Oliy liga-2006da "Traktor" o'z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etgan edi. Klub mavsum yakuniga ko'ra beshinchi o'rinni, "Navbahor" esa ettinchi pog'onani band etgandi. Namangandagi uchrashuvda turkmanistonlik legioner Orif Mirzoevning xet-triki va Patrik Agboning goliga "Traktor"dan Mo'minjonov bitta gol bilan javob bergan - 4:1. Mavsumda "Navbahor"ni to'rt nafar murabbiy navbati bilan maydonga olib tushgan. Yilni Seid Seidov boshlab beradi. 6ta o'yindan keyin unga chiqish eshiklarini ko'rsatadilar. Bitta o'yinga jamoani Rustam Zabirov tayyorlaydi, keyingi 9ta bahsga Rustam Mirsodiqov ustozlik qiladi. Ikkinchi davraning ikkinchi turidan boshlab "Navbahor" to mavsumni so'nggiga qadar Ildar Sakaev qo'l ostida chempionatda ishtirok etadi.

Mavsum yakunlariga ko'ra, "Traktor" oliy liganing eng yosh jamoalaridan biri bo'ladi. Mazkur bahsda Abramov bir yo'la uch nafar 19 yoshli futbolchini maydonga tushirganini ko'rishimiz mumkin. Bular, Abramov, Toshmatov va Yuldashev. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Mansurov ham 1987 yil tavallud topgan edi. 

SHu yili oliy ligada 3 nafar 16 yoshli futbolchi maydonga tushgan edi. Ulardan ikki nafari "Mashal" vakillari, Nodir Davlatov va bugunda "Nasaf"ni metin himoya vakili sifatida muxlislar olqishiga sazovor bo'layotgan SHerzod Azamov. "Buxoro" azosi Suhrob Berdiev esa "Lokomotiv" safida 6ta o'yinda jami 49 daqiqa harakat qilgan edi. Azamov va Davlatov esa bir o'yinning o'zida 90 daqiqa.

"Retro"ning to'rtinchi sonidagi uchrashuv esa 1:1 hisobida yakuniga etgan. Orif Mirzoev golidan uch daqiqa o'tar o'tmas Ilhom Mo'minjonov hisobni tenglashtirgandi. 

O'sha paytlar "Traktor" stadioniga tushgan o'quvchilarimiz yaxshi eslaydilar. Mehmonlar zaxira o'rindig'ining to'g'risidagi tribunada bir amaki tinmay, "Vperedddd, "Traktor", - deya baqirib o'tirar edi...




Rustam Boqiev va Temur Ayzatulov jamoasining navbatdagi hujumini boshlayaptilar.  



Ilhom Mo'minjonov gol urib hisobni teglashtirgan vaziyat aks etgan lavha



Aleksandr Xvostunov o'yindan keyin 


Retro - 1. Bir o'yin tarixi. 2006 yil. O'zbekiston – Qatar 2:0

Retro - 2. Bir o'yin tarixi. 2007 yil. O'zbekiston - Ozarbayjon 0:0

Retro - 3. Bir o'yin tarixi. 2006 yil. "Lokomotiv" - "Xorazm" 5:1




Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика