Reshford yana debyutida gol urdi
09 sen 2018 13:58
Yangiliklar
Reshford yana debyutida gol urdi
"Manchester Yunayted" va Angliya termasi hujumchisi Markus Reshford kecha David De Xea qo'riqlagan Ispaniya termasi darvozasini ishg'ol qilishni uddaladi.
Qayd etish kerak, u Millatlar ligasidagi debyut uchrashuvidayoq gol urishni uddaladi. U "Manchester Yunayted" safidagi ilk o'yinda, Evropa ligasida, Angliya liga kubogida, ECHLda, Angliyaning U-21 va milliy termadagi ilk uchrashuvlaridayoq gol kiritishni uddalab bo'lgan.
Qayd etish kerak, Markus endigina 21 yoshda.
Fikrlar