So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Reshford sermahsul o'yini haqida: “Bu yangi menejer va murabbiylar tufayli. Ular klubni avvalgi darajaga qaytarishdi va bu menga ijobiy tasir qildi” Yangiliklar

Reshford sermahsul o'yini haqida: “Bu yangi menejer va murabbiylar tufayli. Ular klubni avvalgi darajaga qaytarishdi va bu menga ijobiy tasir qildi”

2023 yil top-5 ligalari vakillari orasida to'purar bo'lib turgan MYU forvardi Markus Reshford sermahsulligi haqida fikr bildirdi.

“Bu borada menga mashg'ulotlar yordam berdi deya olmayman. Ochig'i, eng muhim o'zgarishlardan biri – yangi menejer va murabbiylarning kelishi. Ular klub mentalitetini avvalgi darajaga qaytarishdi va bu menga juda katta tasir o'tkazdi.

SHuningdek, yozgi tatilni to'g'ri tashkil qilganim ham menga ijobiy ko'rinish berdi. Faoliyatimning boshidan buyon futbolni boshimdan chiqarib yuborgan holda yaxshi dam olish imkoni bo'lmagan, ammo o'tgan yozda buning uddasidan chiqdim. Maydonga qaytish juda xohlayotganimning omillaridan biri shu edi. Qaytishga “chanqoq” edim va mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutdim.

Ten Xagning asosiy sifati, menimcha, qatiyatlik. U uchun har bir jihat muhim. Agar 2:0 yoki 3:0 hisobida oldinda bo'lganimizda gol o'tkazib yuborsak, u bundan xursand bo'lmasligini bilamiz. Va bu butun jamoaga tasir qiladi. Endi men va qolgan hujumchilarimiz ham o'z darvozamiz dahlsizligini saqlab qolishga intilyapmiz.

Ilgari 1:0 natijasi bilan oldinda borganimizda gol o'tkazib yubormaslik juda muhim sanalardi, ammo 4:0 hisobidagi ustunlikda o'tkazib yuborilgan gol u qadar qo'rqinchli emasdi. Hozir esa har daqiqada yuqori darajada bo'lishga harakat qilmoqdamiz va gol o'tkazib yubormaslik uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilamiz”, deydi Reshford.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика