So’nggi yangiliklar

14:55Расман: "Динамо" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади!  1 14:49Расман: "Нефтчи" Ўзбекистон терма жамоасида ўйнаган 4 нафар футболчини ПФЛда рўйхатдан ўтказди  8 14:10Интервью. Умар Эшмуродов - "Насаф", чемпионлик, Катанец ва Черан ҳақида  1 13:39Бобур Абдураҳмонов: "Болалар мураббийларини энг кўп қийнаётган муаммо - майдонлар камлиги"  1 13:35ФИФА 2025 йил учун футзал, соҳил футболи, фитнесс ҳамда футбол ҳакамлари техник инструкторлари рўйхатини эълон қилди  0 12:59"Челси" Англия терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  3 12:402031 йилги Осиё кубоги мезбонлигига яна қайси мамлакатлар даъвогар?  10 12:15Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Тошкентда йиғин бошлайди  1 11:54МЮ раҳбарияти пул тежашнинг янги усулини топди  8 11:29Флик Ла Лиганинг февраль ойидаги "Энг яхши мураббийи" деб тан олинди  9 10:53Бугун Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилади. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада  12 10:22«Шўртан» «Пахтакор» тарбияланувчиси билан шартнома тузди  2 09:50Шомуродов «Рома» сафида энг яхши натижани қайд этмоқда  7 09:22Ўртоқлик учрашуви. «Қалдирғочлар» навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  0 08:56Клаудио Раньери навбатдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  5

Rene Igita: “CHempionlar ligasini yaxshi kayfiyatda boshlamoqchimiz” Yangiliklar

Rene Igita: “CHempionlar ligasini yaxshi kayfiyatda boshlamoqchimiz”

Kecha “Al-Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida saudiyaliklar ustozi Rene Igita va jamoa sardori Xusayn Abdulg'ani ishtirok etdi.

- Osiyo CHempionlar ligasi tamomila boshqacha musobaqa. Biz ayni paytda uning startida turibmiz. SHunday ekan, ichki chempionatda boy bergan natijalarimizni qita miqiyosidagi musobaqada qaytarmoqchimiz. Turnirni yaxshi kayfiyatda boshlab olsak, uning qolgan qismini ham shunday davom ettiramiz. “Al-Nasr”ning imkoniyatlaridan kelib chiqib aytamanki, biz turnir davomida o'ziga xos raqobat olib kirishga qodirmiz. SHuningdek, CHempionlar ligasida yaxshi natija qila olamiz. Hozircha jamoani vaqtincha boshqarib turibman. Yangi bosh murabbiy – Raul Kaneda kecha klub qarorgohiga etib keldi. Garchi u avval ham “Al-Nasr”da faoliyat yuritib ketgan bo'lsa-da, hozircha jamoa bilan boshqattan tanishmoqda. Lekin “Bunyodkor”ga qarshi bahsda uning ko'rsatmalariga quloq tutamiz. O'ylaymanki, murabbiylar bilan kelishib ish tutsak, raqibni enga olamiz, - deydi kolumbiyalik mashhur sobiq darvozabon Rene Igita.

- “Bunyodkor” bilan avvalgi mavsumda ham o'ynaganmiz. Biz ham, ular ham bir-birimizni yaxshi bilamiz. O'ylashimcha, oldinda qiziqarli bahs kutib turibdi. Kim kuchli ekanligini uchrashuv ko'rsatib beradi, - “Al-Nasr” sardori Xusayn Abdulg'ani.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика