Renatu Sanshesh Portugaliya terma jamoasi yig'iniga bormaydi Yangiliklar

Renatu Sanshesh Portugaliya terma jamoasi yig'iniga bormaydi

Teglar :  Renatu Sanshesh
Portugaliya terma jamoasi bilan Evropa chempioniga aylangan Renatu Sanshesh jarohati bois yig'inni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.


"Bavariya" klubiga o'tgan 19 yoshli istedod sohibi hali jarohatidan to'liq forig' bo'lmagan. Portugaliya terma jamoasidan chaqiruv olgan Renatu Sanshesh bu safargi yig'inda qatnasha olmasligi oydinlashdi. SHifokorlar unga buni taqiqlab qo'yishdi.
Sanshesh oyoq mushaklarida og'riq sezayotgani sababli hali safga qaytishga tayyor emas. Portugaliya futbol ittifoqi futbolchining holatini to'g'ri tushundi va Sansheshga tiklanish uchun imkoniyat berdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика