Remzi "Yuventus"dan ketishi uchun bir yillik maoshini talab qilmoqda
15 dek 2021 22:10
Yangiliklar
Remzi "Yuventus"dan ketishi uchun bir yillik maoshini talab qilmoqda
"Yuventus" yarim himoyachi Aaron Remzi bilan xayrlashmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, italyan klubi 30 yoshli yarim himoyachidan qutulish haqida o'ylamoqda, biroq uelslik futbolchi yanvar oyidagi transferga rozi bo'lishi uchun "Yuve"dan tovon puli talab qilmoqda.
Remzi "Yuventus"dan 7 million evro undirib olmoqchi, bu turinlik yarim himoyachining yillik maoshi hisoblanadi.
Joriy mavsumda markaziy yarim himoyachi turinliklar safida barcha turnirlarda 5 ta o'yin o'tkazdi va birorta samarali harakat amalga oshira olmadi.
Fikrlar