Remzi "Yuventus" bilan dastlabki shartnomani imzoladi
04 jan 2019 12:30
Yangiliklar
Remzi "Yuventus" bilan dastlabki shartnomani imzoladi
Uelslik futbolchi yozda Italiyaning grand klubiga o'tadi.
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi yaqinda "Yuventus" o'yinchisiga aylanadi.
Xavbek "kanonirlar" bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortdi. Uning amaldagi shartnomasi muddati 2019 yil yozda o'z nihoyasiga etadi. Bu esa Remzi boshqa jamoalar bilan muzokaralar olib borishiga imkon yaratib beradi.
SHuningdek, Aaronga PSJ ham taklif bildirgan edi. Ammo Italiya klubi sport direktori yarim himoyachini ularga rozilik berishiga ko'ndira oldi.
Remzi bu mavsum "kanonirlar" tarkibida 24ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 marotaba gol urdi va 6ta golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar