Remzi yozda "Yuventus"dan ketishi mumkin
27 may 2022 18:01
Yangiliklar
Remzi yozda "Yuventus"dan ketishi mumkin
"Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi klubdan ketishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, turinliklar shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan 31 yoshli uelslik bilan shartnomani bekor qilishni ko'rib chiqishmoqda.
Xavbek yiliga 7 mln evro maosh olmoqda.
"Reynjers" shu yilning qishida Remzini ijaraga oldi. Xavbek SHotlandiya klubida 13ta o'yinda 2ta gol va 2ta assist qayd etdi. Remzi jamoa bilan Evropa Ligasi finaligacha chiqdi va unda uelslik penaltilar seriyasida 11 metrlik vaziyatdan foydalana olmadi.
Fikrlar