Remsi va Flamini "Nyukasl" bilan o'ynay olishadi
10 dek 2014 22:55
Yangiliklar

Remsi va Flamini "Nyukasl" bilan o'ynay olishadi
"Arsenal" yarim himoyachilari Aaron Remsi va Mate Flamini shanba kungi "Nyukasl" bilan o'yinga qadar safga qaytishadi.
Ikkala futbolchi ECHL 6-turi doirasidagi "Galatasaroy"ga qarshi o'yinning tanaffusida almashtirildi. Bahsda "kanonirlar" 4:1 hisobida zafar quchishdi. Aaron dublga erishdi.
Remsi va Flaminining jarohatlari u qadar jiddiy emas. Ikkala futbolchi ham "Emireyts"da bo'lib o'tadigan "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olishadi.
"Remsi va Flamini kecha ozgina og'riq sezishdi. SHanbagacha barchasi joyida bo'ladi", - deydi "Arsenal" ustozi Arsen Venger Sky Sports nashriga.

Fikrlar