Remi Gard - "Aston Villa" bosh murabbiyi
03 noy 2015 10:57
Yangiliklar
Remi Gard - "Aston Villa" bosh murabbiyi
49 yoshli francuz Birmingem klubi bilan 2019 yil yoziga qadar shartnoma tuzdi. U Premer-Ligada 10ta o'yinda 4 ochko to'plab so'nggi o'rinda turgan klubni qabul qilib oldi.
Remi "Lion" klubida 3 yil davomida murabbiy bo'lib ishlaganida ko'pchilikka tanilgan. Futbolchi sifatida Remi "Arsenal"da ham faoliyat olib borgan.
"Bunday mashhur klubning murabbiyiga aylanganimdan xursandaman. Klub xo'jayini Rendi Lerner va direktor Tom Foks bilan uchrashuvlar ajoyib bo'ldi. Ular katta rejalarini men bilan birga amalga oshirishni istashganidan mamnunman".
"Tushunarliki bizni og'ir mehnat kutib turibdi, "Aston Villa" muxlislarini xursand qilishga urinamiz, - deydi Gard.
Gardning "Aston Villa"dagi debyuti keyingi dam olish kuni Premer-Liga peshqadami "Manchester Siti"ga qarshi bahsda bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar