So’nggi yangiliklar

04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  6 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  23 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  102 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1

“Rektor Kubogi”da futbolimiz yulduzlari bellashdi Yangiliklar

“Rektor Kubogi”da futbolimiz yulduzlari bellashdi

O'tgan hafta Toshkent Davlat jismoniy tarbiya institutida ananaviy “Rektor Kubogi” mini-futbol musobaqasi bo'lib o'tdi.

Salkam ikki hafta davom etgan kichik turnirda 26ta jamoa olimpiya tizimi bo'yicha g'oliblik uchun kurash olib bordi. Bilasiz, bu institutda juda ko'plab sportchilar, xususan, futbolchilar tahsil olib kelishadi. Ularning orasida yoshlardan tortib, faxriylarini ham uchratishingiz mumkin. “Rektor Kubogi”da o'zbek futboli yulduzlari to'p surdi. Xususan, musobaqaning final uchrashuvida bir qator yulduzlarimiz jam bo'lishdi. 


O'yinlarning har bir bo'limi 20 daqiqadan iborat bo'ldi. Uchrashuvlar institutdagi tabiiy maydonda o'tkazildi. Musobaqaning final uchrashuvi anchagina qiziqarli kechdi. O'tgan yili ham finalgacha etib kelgan Bobomurodov murabbiyligidagi 3-kurs talabalari bu safar ham ketma-ket qo'lga kiritgan g'alabalari bilan hal qiluvchi o'yinda maydonga chiqishdi. Muxlislarga yaxshi tanish Alibobo Rahmatullaev, Ahror Umarjonov, Mirjamol Qosimov, Sanjar Quvvatov to'p surgan jamoa final uchrashuvining birinchi bo'limida raqibidan ustunlik qilgan holda “ukalari” darvozasini ikki marta ishg'ol qilishdi. Bu gollar ularni xotirjam bo'lishlariga etarli bo'ldi. Natijada ustunlik 2-kurs talabalarining qo'liga o'tdi. Ravshan Xursanov va Akrom Komilov kabi yoshlar ajoyib kombinaciyalari bilan Sanjar Quvvatov darvozasiga xavf solishdi. Hujumlarning birida Xursanov o'zi ishtirok etgan kombinaciyani gol bilan yakunladi. Qolgan daqiqalarda ham ularda gol urish imkoniyati bo'lgandi, biroq tarkibda nisbatan yulduzlari kam bo'lgan 2-kurs talabalari ko'plab vaziyatlardan tajribasizlik sababli foydalana olishmadi. Bu 3-kurs talabalarining “Rektor Kubogi”ni qo'lga kiritishiga etarli bo'ldi. SHu tariqa o'tgan finalda yutqazib qo'ygan jamoa bu safar chempionlikni nishonlashdi.  

Final o'yini yakunlangach g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda so'zga chiqqan institut rektori Isroilov SHoakram Xolmatovich hazil tariqasi aynan shu kabi musobaqalar tufayli murabbiy-futbolchi talabalarni institutda ko'rishlarini takidlab, ularga tegishli medallar, diplom va ko'chma kubokni topshirdi. 


Aytish kerak, turli yoshdagi terma jamoalarda to'p suradigan futbolchilarning barchasi o'zlari tahsil olayotgan kurs obro'si uchun musobaqada maydonga tushganligiga guvoh bo'ldik. Vaholanki, musobaqa Respublika yoki shahar miqiyosida emas, balki institut talabalari o'rtasida o'tkazildi. Institutda tahsil olayotgan barcha futbol yulduzlari “Rektor Kubogi”ni beetibor qoldirgani yo'q. Xususan, Maksimilyan Fomin, Doston Abdurahmonov, Zafar Safoev, Sergey Rekun, Abdumajid Toirov, Zabihillo O'rinboev, Abdumavlon Abdujalilov, Akmal Tursunboev, Sarvar Otaboev va Igor Sergeev o'z jamoasining g'alabasi uchun maydonga chiqishdi. 

Yuqorida taqdirlash marosimida institut rektori ham so'zga chiqqani aytib o'tgandik. SHoakram Xolmatovich g'oliblarni taqdirlar ekan, ulardan xursand ekanligiga alohida urg'u berib, o'yinlarda astoydil harakat qilishganini, musobaqaga parda ostidan qaramaganliklarini takidladi. Hatto hazillashib, bu futbolchilar oliy liga bahslarida ham stadionga kelib, maydonga tushib, o'ynab ketaverishlarini, lekin “Rektor Kubogi”da uchrashuvlarga jiddiy tayyogarlik ko'rganliklarini, kerak bo'lsa, mashg'ulotlarda qatnashganlarini eslatib o'tdi.  


“REKTOR KUBOGI” – 2015

FINAL

2-KURS – 3-KURS – 1:2 (0:2)

Bosh hakam: M.Nurmatov.

2-kurs: Odamboy Ergashev, Akrom Komilov, Ravshan Xursanov, Abbos O'lmasbekov, Nuriddin Umarov, Bahrom Boev.

Zaxiradagilar: Ravshan Rajabov, Tohir Alimurodov.

Bosh murabbiy: A.To'laganov.

3-kurs: Sanjar Quvvatov, Alibobo Rahmatullaev, Mirjamol Qosimov, Ahror Umarjonov, U.Boqiev, D.Tolibjonov.

Zaxiradagilar: O.Ikromov, U.Abdullaev, A.Mahsumov.

Bosh murabbiy: B.Bobomurodov.

Gollar: Ravshan Xursanov – Alibobo Rahmatullaev (2ta).


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика