Rednapp: "Menga Modrich yarim himoyada 10 daqiqaga ham yaramaydi deyishgan"
14 dek 2022 11:27
Yangiliklar


Rednapp: "Menga Modrich yarim himoyada 10 daqiqaga ham yaramaydi deyishgan"
"Tottenxem" sobiq bosh murabbiyi Harri Rednapp London klubida birga ishlagan Luka Modrich borasidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Luka – futbol dahosi va ajoyib inson. U bilan bir daqiqa ham muammo bo'lmagan. Har kuni qattiq mashq qilardi, oilasiga juda etiborli edi. Zo'r futbolchi va qoyilmaqom inson.
"Tottenxem"da uni yarim himoya markaziga qo'ygandim, o'shanda odamlar menga: "U bu nuqtada o'ynay olmaydi, kuchi etmaydi, 10 daqiqaga ham chidamaydi", deyishgan. Lekin Luka qanday futbolchi ekanligini isbotlagan!”, – dedi Rednapp intevryuda.
Eslatib o'tamiz, Modrich etakchiligidagi Xorvatiya kecha JCH yarim finalida Argentina bilan bahs yuritib, yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 33

Fikrlar