Rednapp: "Agar Angliya Evro-2016da g'alaba qozonmasa, hafsalam pir bo'ladi"
21 fev 2015 10:49
Yangiliklar


Rednapp: "Agar Angliya Evro-2016da g'alaba qozonmasa, hafsalam pir bo'ladi"
Fevral oyi boshida KPRni tark etgan Garri Rednapp Angliya terma jamoasining Evro-2016dagi g'alabasiga ishonadi.
"Angliya terma jamoasida Evro-2016ga tayyorgarlik jarayonida 3-4 nafar yosh futbolchilar paydo bo'ldi. Roy Xojson raqobatbardosh jamoaga ega bo'ladi. Hech bo'lmasa yarim finalgacha etib bormasak, hafsalam pir bo'ladi. Men Angliyaning g'alabasiga ishonaman.
Sterling - katta iqtidor egasi, Starrij, Keyn va Barkli ajoyib futbolchilar. Bizda qanot himoyachilar etarli. Kayl Uoker yaxshi formada. Nataniel Klaynning harakatlari maqtovga loyiq, Denni Rouz esa asosiy tarkibga kirishi mumkin.
Xojsonning Evro uchun tarkibi uzoq vaqt eng yaxshi bo'lib qoladi. Evro-2016 biz uchun yaxshi imkoniyat" - deydi Rednapp.

Fikrlar