"Real"ning sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi
22 mar 2020 02:23
Yangiliklar
"Real"ning sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi
Madridning "Real" klubi sobiq prezidenti Lorenso Sans 76 yoshida vafot etdi.
U 17 mart kuni koronavirus shubhasi bilan shifoxonaga yotqizilgan, oradan ko'p o'tmay mazkur gumon o'z tasdig'ini topgan edi.
Sansning faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, u "Real"ni 1995-2000 yillarda boshqargani, 2006-2010 yillarda "Malaga" klubiga xo'jayinlik qilganiga guvoh bo'lamiz.
Takidlash lozimki, unig boshqaruvi davrida "qirollik klubi" Evrokuboklarda 32 yillik tanaffusdan so'ng ettinchi va sakkizinchi (1998, 2000) chempionligini tantana qilgandi. SHuningdek, "qaymoqranglilar" Sans davrida bir martadan La Liga (1996/97) va Qitalararo kubokka ham (1998) ega chiqishgan.
Fikrlar