"Real"ning sobiq futbolchisi Greciya klubiga o'tishi mumkin
20 iyu 2019 12:25
Yangiliklar
"Real"ning sobiq futbolchisi Greciya klubiga o'tishi mumkin
Himoyachi Fabiu Koentrau Salonikiga tashrif buyurdi.
"Real"ning sobiq himoyachisi transferning so'nggi detallarini muhokama qilish maqsadida PAOK klubi ofisiga tashrif buyurdi.
31 yoshli portugaliyalik o'tgan mavsum "Riu Ave" klubida o'ynadi. U yakunlangan mavsum klubi safida barcha turnirlarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 5ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchi "Riu Ave"dan tashqari "Benfika", "Nasonal", "Real Saragosa", "Real", "Monako" va "Sporting" klublarida o'ynagan.
Koentrau 2009-2017 yillar mobaynida Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar