"Real"ning sobiq futbolchisi giyohvand moddalar savdosi vaqtida hibsga olingan
12 may 2020 22:36
Yangiliklar


"Real"ning sobiq futbolchisi giyohvand moddalar savdosi vaqtida hibsga olingan
Kolumbiya terma jamoasi sobiq azosi Edvin Kongo Ispaniyada policiya tomonidan giyohvandlikka qarshi o'tkazilgan operciya jarayonida hibsga olingan, deb xabar berdi El Desmarque. Sobiq hujumchi bilan birga yana 9 kishi qo'lga olingani aytildi.
Qo'lga olinganlar kokain kontrabandasi bilan shug'ullanganlikda gumon qilinmoqda. Kongo esa guvohlik bergach hibsdan ozod qilingan.
Malumot uchun, 43 yoshli Kongo 1999-2002 yillarda Madridning "Real" klubi futbolchisi hisoblangan. Faoliyati davomida Ispaniyaning "Sporting" "Levante" va "Valyadolid" klublari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar