“Real”ga Raxim Sterling kerak

11 okt 2018, 07:50
“Man Siti” yarim himoyachisi “Real” qiziqishlarida doirasida turibdi.

Madridliklar 23 yoshli futbolchining “shaharliklar” bilan olib borayotgan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni kuzatmoqda. Sterlingning amaldagi bitimi 2020 yilda yakuniga etadi. Tomonlar esa hamon yangi shartnoma borasida bir to'xtamga kela olmayapti.

“To'g'risi, chet elda to'p surish yomon bo'lmasdi. Bu yaxshigina tajriba ham bo'lardi. Ispaniya ajoyib mamlakat. Nima bo'lganda ham u yerda ob-havo yaxshi”,-deb 2017 yil dekabrida Sterling intervyu bergan edi.

“Real” esa vaziyatga qarab Sterlingni yozda o'z safiga qo'shib olishga harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN