So’nggi yangiliklar

11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  0 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  1 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  3 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  8 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  5 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  7 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  15 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  2 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  10 08:00"Навбаҳор" "Пахтакор"га ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мозговой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  15 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  8 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  8 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  2

“Real”ga nima etishmayapti yoki kim ortiqcha? Yangiliklar

“Real”ga nima etishmayapti yoki kim ortiqcha?

Teglar :  Real Madrid
Gvardiola Ronaldinoni ketkazganmidi yoki uning o'zi ketganmidi - ahamiyatsiz.

Fakt shuki, futbolchi aynan Pep tashrifidan keyin “Barselona”ni tark etdi va Kataloniya klubi o'zi uchun yangi bo'lgan erani boshladi. Bunda asosiy rolda endi Lionel Messi degan futbolchi bor edi.

“Real”ning bugungi holati har safar o'sha voqealarni yodga soladi. “Qirollik klubi”ga yangi motivaciya kerak edi va uni hozirgi holatda topish qiyinroq edi chamamda. CHunki “Real” ketma-ket ikki yil Evropani zir titratdi, o'zi 5 yildan buyon kutayotgani La Liga tojini kiydi. Zidanning bitta to'liq mavsumi uchun etarli darajada muvaffaqiyat.

Portugaliya bilan Evropa, “Real” bilan esa o'zi istagan barcha sovrinlarni yutgan, qo'shimchasiga “Oltin to'p”larini Messiniki bilan tenglashtirib olgan Ronalduning Madridni tark etishini kutdim. Hatto bunga ishonchim 100 foiz komil ham edi. Biroq Krishti qoldi va “Real” uchun motivaciya yo'qoldi, nazarimda.

Ronaldu hozirgi holatida Angliyaning biror-bir klubida yanada muvaffaqiyatli o'ynashi mumkin. Buni turli faktorlar bilan asoslashga urinsa bo'ladi. APLda tobora ko'payib borayotgan ispaniyaliklar asosan muvaffaqiyatli o'ynashyaptiki, La Ligada bir necha yil ko'pchilikni titratgan futbolchi APLda yana bemalol 2—3 yil javlon ursa bo'lardi.


“Real” birinchi navbatda uning orqasidan pul ishlab olardi, Zidan esa qolgan yigitlariga yangi motivaciya topib berardi. Endi madridliklar Krishtianu Ronaldusiz nimalarga qodir ekanliklarini isbotlashga urinib ko'rishardi chamamda. O'sha tenglashgan “Oltin to'p”lardan keyin Messi va Ronaldu raqobati shu kungacha bo'lgani kabi trendda emas, sezyapsizmi? Aksincha, Ronalduning maydonga har bir chiqishi o'ziga hozircha minus olib kelayotgandek.

Ha, Krishti bir necha yil davomida yuqori notada o'ynay oladi, men bunga ishonaman. Biroq u ham o'ziga Messidan boshqa ovunchoq topib, uni ko'zigada surtishga tayyor bo'lgan Albion klublaridan birini tanlasa, mantiqiyroqdek ko'rindi.

“Real”da Isko bor, kelishi bilan Ronaldudan kam bo'lmaslik uchun harakat qilib, keyin lazaretga yotib olgan Beyl bor, Asensio chiqib kelayotgandi va hokazo. Qolaversa, Ronalduning puliga Zidan istalgan boshqa bir futbolchisini qo'lga kiritishi ham mumkin edi. Balki Aguero, balki Azar yoki bo'lmasa Keyn bilan Alli.

Evropani ketma-ket ikki marta olgan tarkib bir-biridan charchagandek, zero “Real”dagi barcha futbolchilar juda kerak bo'lganida top darajada o'ynay oladi bemalol. Biroq yangi qon quyadigan vaqt bo'ladi doim. Ronaldu, Ronaldino kabi futbolchilar shunday mavqega chiqib ulgurganki, ular bilan malum bir jamoa boshqa, ularsiz esa umuman boshqaga aylanadi. Gap faqatgina shunda.

“Barselona” ham vaqti kelib Messini ketkazishi kerakmi? Menimcha shu xususda Messi va Ronalduni yonma-yon qo'ymagan bo'lardim. Zero Leo “Barsa”da “tug'ildi” va shu klubda “o'lishga” haqli futbolchi. Uning yo'rig'i Maldini, Jerrard yoki Tottiniki kabi bo'lishi mumkin. Juda nari borsa, vaqti kelib Evropani butunlay tark etib, okean ortiga yoki vataniga jo'nab ketar. Ronaldu esa Ronaldo, Ronaldino va Zidanning o'zi kabi bo'lsa ajablanmayman. Siz bu borada qanday fikrdasiz?

Muallif :
Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика