

Ma'lumotlarga ko'ra, Yumtiti madridliklarning asosiy maqsadlaridan biri bo'lgandi, biroq fransiyalik himoyachi "Barselona" bilan uzoq muzokaralardan so'ng Kataloniya klubi bilan yangi shartnoma tuzishga qaror qildi. Yangi bitim bo'yicha, futbolchining tovon puli 500 mln evro.
Yumtiti 2016 yildan beri "Barselona" sharafini himoya qiladi. Joriy mavsum fransiyalik futbolchi Kataloniya klubi safida 6ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta golli pas berdi. Oldinroq, Yumtiti jiddiy jarohat olgani va joriy yil maydonga tusha olmasligi e'lon qilingan edi.



