"Real" yozda hech kimni sotib olmoqchi emas

Mirjalol Normatov
22 iyul 2021, 00:10
"Real"da direktorlar kengashi bo'lib o'tdi.

Ushbu yig'ilishda klub prezidenti Florentino Peres yozda transferlar uchun pul ajratilmasligini va ayni damda "Real" futbolchisi sifatida hisoblanganlar bilan mavsum o'tkazilishini ma'lum qilgan. Yozda klub faqatgina David Alabani erkin agent sifatida tarkibga qo'shib oldi va katta ehtimol bilan klub boshqa hech kimni tarkibga qo'shib olmaydi.

Primeroda mavsum avgust oyida start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca