So’nggi yangiliklar

12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  0 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  1 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  1 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   1 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  21 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Албанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчини олиб келмоқчи  4 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  4 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  1 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  7 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  6 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0 01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  25 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  3 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0

"Real" yarim himoyasini kuchaytira oladigan TOP-3 transfer Yangiliklar

"Real" yarim himoyasini kuchaytira oladigan TOP-3 transfer

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'rta chiziqni kuchaytirishni xohlaydi.

U allaqachon bu jarayonni asta-sekin boshlab yuborgan. Masalan, Federiko Valverde Luka Modrichga qaraganda ko'proq daqiqalarga ega. Ehtimol, Pol Pogbaning yozda Madridga kelishi bilan barchasi yaxshi yakun topar.  Lekin yozgacha hali vaqt bor: yana olti oy va qishki transfer bozori. "Real"da yarim himoyani kuchaytirish uchun quyidagi variantlar bor.


Kristian Eriksen

Kristian Eriksenning "Tottenxem" bilan shartnomasi kelasi yil yozda yakunlanadi. Klub prezidenti Deniel Levi qayg'uli holatga duch keladi, chunki 100 million evroga teng o'yinchi bepulga ketib qolishi mumkin. Levi buni xohlamaydi va Eriksen "Real"ga o'tishni ko'pdan beri orzu qilganini inobatga olgan holda "Tottenxem" qishki transfer oynasida uni sotib yuborishi mumkin.

Yaqinda London jamoasi Florentino Peresdan daniyalik uchun 250 million evro talab qildi, ammo endi 100 million evrodan past bo'lgan summaga murojaat etilishi ehtimoli yuqori. Bu "Tottenxem", "Real" va ishbilarmonlik yuzini saqlab qolishga intilayotgan Levi uchun ideal yurish bo'ladi. Ammo ingliz klubi prezidenti Joze Mourinyu yordamida Eriksenni saqlab qolish umidini hali ham yo'qotmagan.


Fabian Ruis

Florentino Peresda ham, Zinedin Zidanda ham bir xil darajada taassurot qoldira olgan futbolchi. Ammo asosiysi bu emas, "Barselona" Fabian Ruisni o'ziga og'dirmoqchi, u yoshi o'tib borayotgan Serxio Busketsning o'rniga taklif etiladi. SHu sababli, "Real" raqibdan ilgarilab ketish yo'llarini izlaydi va ehtimol qishda yarim himoyachi uchun yaxshi taklib bilan chiqishga harakat qiladi. Biroq buni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi: "Napoli" egasi Aurelio De Laurentis, yumshoq qilib aytganda, o'ziga xos nozik didli inson va uning "blankos" bilan munosabati hech qachon iliq bo'lmagan.

Malumki, "Barsa" bitta yoki ikkita o'yinchini potencial kelishuvga qo'shishga tayyor va De Laurentis bu yondashuvdan manfaatdor. "Real" puldan boshqa hech narsa taklif qilishni xohlamaydi, Zidan esa Yovichni transfer taklifiga qo'shishga rozi.


Donni van de Bek

Ushbu futbolchi uchun Florentino Peres o'tgan yozda allaqachon muzokaralar olib borgan. Madridliklar Pogba bilan shartnomani kelisha olishmagandi, keyin van de Bek asosiy nomzodga aylandi. U bilan ham kelishuv amalga oshmadi.  Ammo jamoalar kelasi hafta transfer muhokamasiga qaytishga tayyor. 

Yarim himoyachi haqida Zinedin Zidan iliq fikrda. Murabbiy o'yinchining texnik va jismoniy chidamliligini yuqori baholaydi.


SHunday qilib, "Real" har qanday holatda ham qishki transfer bozorida faol bo'ladi. Uch haftadan so'ng, "qirollik klubi" yana bir yangi yulduz bilan shartnoma tuzganligini eshitishimiz mumkin.


SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика