"Real" yanvarda "Espanol" yarim himoyachisini xarid qiladi
18 dek 2019 02:23
Yangiliklar


"Real" yanvarda "Espanol" yarim himoyachisini xarid qiladi
"Espanol" klubi yarim himoyachisi Mark Roka "qirollik klubi" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Don Balon nashri xabariga ko'ra, madridliklar jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan 23 yoshli xavbek bilan qishki transfer oynasida shartnoma imzolashni xohlamoqda. Bundan tashqari, Myunxenning "Bavariya" klubi ham futbolchi uchun davogarlik qilmoqda.
"Espanol" Rokani 40 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Malumot uchun, Mark Roka "Espanol" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u joriy mavsum 17 o'yinda maydonga tushib, 2 golning muallifiga aylangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar