“Real” yanvarda Di Mariyani qo'yib yubormoqchi emas
09 dek 2013 11:22
Yangiliklar


“Real” yanvarda Di Mariyani qo'yib yubormoqchi emas
“Real” klubi, yarim himoyachi Anxel Di Mariyaga, qishki transferlar oynasi mobaynida jamoadan ketishga ruxsat bermadi.
Madridliklar klubi rahbariyati 25 yoshli argentinalik futbolchini qo'yib yuborgan taqdirda, uning o'rniga boshqa futbolchi topa olmasligi sababli, Di Mariyani hali beri qo'yib yubormoqchi emas, deb xabar beradi AS.
Avval berilgan xabarlarda Di Mariya “Real”ning asosiy tarkibida o'z o'rniga ega bo'lmagani sababli, “Monako”ga o'tishi haqida aytib o'tilgan edi. Di Mariyaning transfer narxi esa 35 million evroga baholanayotgan.

Fikrlar