"Real" Xolandni nega rad etgani malum bo'ldi
09 may 2022 20:53
Yangiliklar
"Real" Xolandni nega rad etgani malum bo'ldi
Madridning “Real” klubi Erling Xolandni sotib olishdan bosh tortishi sabablari malum bo'ldi.
Madridliklar "Borussiya" hujumchisini qo'lga kiritishdan manfaatdor edi, ammo yakunda kurashda "Manchester Siti" g'alaba qozondi.
Manbaning xabariga ko'ra, norvegiyalik futbolchining o'tgan oyda vafot etgan agenti Mino Rayola ispan jamoasi bilan kelishuvda ikkinchi mavsumdan kuchga kiradigan 150 million evrolik tovon puli qo'shilishini xohlagan.
Bu shart "Real Madrid" prezidenti Florentino Peresga to'g'ri kelmadi, shu bois Rayolaning taklifi rad etildi.
"Siti" esa "Borussiya"ga 75 million evro to'laydi - bu summa uning dortmundliklar bilan shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan.
Fikrlar