

“Marca” nashri ma'lumotiga ko'ra, “Atletiko” Xames transferi yuzasidan “Real” bilan kelishuvga erisha olmagan. “Qirollik klubi” La Ligadagi to'g'ridan-to'g'ri raqibini kuchayishini istamagan. Bundan tashqari, Xalqaro Chempionlar Kubogidagi 3:7 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng “Real” Xamesni “Atletiko”ga sotmasligini ma'lum qilgan.


