"Real" TVdagilarga hakamlar yoqmayapti
08 jan 2024 23:45
Yangiliklar
"Real" TVdagilarga hakamlar yoqmayapti
"Real" hamda "Atletiko" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi yarim finalida Xaver Alberola Roxas ishlaydi. U ushbu jamoalarning 24 sentyabrdagi bahsida ishlagan va "Qirollik klubi" joriy mavsumdagi yagona mag'lubiyatini (1:3) o'sha uchrashuvda qayd etgan edi.
"Atletiko"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng "Real" TV vakillari hakam "Negreyra o'g'lidan ko'rsatmalar olgan" deb, "Atletiko"ning birinchi goli bekor qilinishi, Ximenes chetlatilishi va Ermosoning qo'liga tekkan to'p uchun penalti belgilanishi kerakligini takidlashgandi.
Bugun "Real" TVdagilar Roxas Superkubokda ishlashini tanqid qilishdi.
"Joriy mavsumdag yagona mag'lubiyat Roxas ishtirokidagi o'yinda bo'lgan" - dedi boshlovchi. TVdagilarning aytishicha, "Real" ushbu hakam ishlagan bahslarning 50%da g'alaba qozongan ekan.
"Real" hamda "Atletiko" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi yarim final bahsi 10 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar