"Real" terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi Yangiliklar

"Real" terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Madridning "Real" klubi kecha Barselonada sodir bo'lgan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"Barselona shahrida sodir bo'lgan hujum munosabati bilan tragediyada jabrlangan va qurbon bo'lganlar oilasi va do'stlariga klub hamdardlik bildiradi. "Real" voqea natijasida shikastlanganlar tezroq sog'ayib ketishiga umid qiladi".

Kecha Barselona shahri markazidagi La Rambla maydonida yuk mashinasi odamlar ustiga yurib ketgan. Policiya bu holatni terakt deb baholadi. 100 nafar inson jarohatlangani aytilmoqda, ulardan 15 nafarining ahvoli og'ir. 13 nafar inson hayotdan ko'z yumgan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика