So’nggi yangiliklar

00:55"Челси" ва "Атлетико" Феликс ва Галлахер борасидаги битимга яқин (Рубен Урия)  0 00:30Ла Лига. "Барселона" "Валенсия" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 00:10Роналду клуб миқёсидаги 32та финалдан 10тасини бой берди  2 23:45Туркия Суперлигаси. Алиқулов ва "Ризеспор" "Адана Демирспор" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  6 23:38А Серия. Амалдаги ғолиб "Интер" чемпионатни дуранг билан бошлади, миланликлар 90+6 дақиқадаги гол сабаб ғалабани қўлдан бой беришди  1 23:20Туркия Суперлигаси. Ўзбек дербисида ғолиб номи аниқланди  4 23:16Саудия Арабистони Суперкубоги. Роналду бу сафар ҳам совринни қўлга кирита олмади, "Ал Ҳилол" яна "Ал Насср"ни тор-мор этди  41 22:23Ансу Фати Туркияга йўл олиши мумкин?!  5 21:58Расман: "Милан" Франция терма жамоаси ўйинчисини 25 миллион еврога харид қилди  2 21:01Файзуллаев Россия ва Ўзбекистонни таққослади  12 20:53АПЛ. "Арсенал" чемпионатни осон ғалаба билан бошлади  3 19:45Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  9 19:142022 йилдан бери майдонга тушмаган МЮ собиқ футболчиси 32 ёшида фаолиятини якунлади  4 19:10АПЛ. "Ипсвич" - "Ливерпуль" 0:2, Салахда 1+1  0 18:45Қозоғистон. Иброҳим Ҳалил Йўлдошев жамоаси ғалабага эришди ва жадвалда етакчига айланиб олди  2

"Real Sosedad" "Real"ni "savaladi" Yangiliklar

"Real Sosedad" "Real"ni "savaladi"

Ispaniya chempionatining 2-turidagi "Real Sosedad" – "Real Madrid" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Ispaniya chempionati, 2-tur.

"Real Sosedad" – "Real" 4:2

Anoeta stadioni.


Gollar
: Ramos (5), Beyl (11), Martinez (35), Surutusa (41, 65), Karlos Vela (75).

"Real Sosedad
"
: Subikarai, Elustondo, Saldua, I.Martines, de la Belya, Bergara, Granero, Surutusa, Kastro, Xabi Prieto (Gonzales, 83), Agirreche (Vela, 59).
"Real"
: Kasilyas, Ramos, Karvaxal (Arbeloa, 77), Pepe, Marselo, Isko, Xames, Kroos, Beyl, Modrich (Xedira, 74), Benzema.

Ogohlantirishlar
: Granero (18), Karvaxal (36), Isko (82).

                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                           YANGILASH



Etiboringiz uchun tashakkur! Doimo sog'-salomat bo'linglar, Aziz futbol ishqibozlari! Keyingi o'yinlarda ko'rishguncha...

O'YIN TUGADI! "Real Sosedad" fantastik g'alabani qo'lga kiritmoqda! "Real" muxlislariga esa keyingi o'yinlarda omad tilab qolamiz...

90+2` "Real Sosedad" to'pni nazorat qilmoqda.

90+1` Qanday vaziyat????? Xames Rodrigez qulay vaziyatni ko'kka sovurmoqda, ketidan esa Benzema 3 metrdan darvozani ishg'ol etolmadi...

90` Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90` Subikarai darvozasi tomon ikkinchi bo'limdagi ilk xavfli zarba muallifi - Xames Rodrigez. Subikarai o'z o'rnida.

89` Ikkinchi bo'limda Subikarai darvozasi tomon birorta xavfli zarba bo'lgani yo'q...

88`
Karlos Vela Garet Beyl va Pepeni ortda qoldirib kelayotgandi. Serxio Ramos ularga yordamga keldi to'pni  olib qo'ydi.

87` "Real"ga hujumchi kerak...

86`
Sami Xediraning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

84` Mega-super o'yin!

83`
Bugungi o'yinda faol harakat qilgan Prieto o'z o'rnini Gonzalesga bo'shatib bermoqda.

82`
Isko sariq kartochka bilan siylandi.

81` Karlo Anchelotti o'z joyiga o'tirib oldi. Saqqiz chaynash bilan band. Boshqa ilojisi ham yo'qdek...

80`
Ramos gol urdi, xavfli vaziyatlar sodir etdi. Gap yo'q. Lekin himoyadachi? Pepe nimalar qilmoqda? Karvaxal va Marselochi? Ularning bugungi o'yinini "teshik tog'ora" deb nomlash mumkin faqat...

79` Bu kambek, qadrli futbol muxlislari...

77`
"Real" futbolchilari bu vaziyatda Karlos Vela to'pni qo'li bilan o'ziga o'ngalb olid deb hisoblashmoqda. Hakam esa boshqa fikrda. Ochig'i, "Real Sosedad" uchrashuvning 25-daqiqasidan boshlab raqiblaridan ancha kuchliroq va mazmunliroq o'ynashmoqda.

76`
"Real" himoyachilariga "salom"! Burchak to'pidan so'ng Karlos Vela to'pni qabul qilib oldi va darvozaga zarba yo'lladi, 4:2!

75` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KARLOS VELA! OLA-LYA!

75`
Luka Modrich o'rniga Sami Xedira tushirildi.

74`
Garet Beylning jaimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegdi.

73`
"Real" juda xavfli nuqtadan jarima zarbasi ishlab oldi. Hozirgina eslab o'tganimiz Xames Rodrigez jabrlanuvchi rolida.

72` Xames Rodrigezni ko'rganlar bormi? Salom aytib qo'yinglar...

71`
Sami Xedira maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

69`
"Real" shokda! Karlo Anchelotti zaxira o'rindig'idan foydalanishni unutmadimi?

68` Kambek?!

67` "Real" jamoasi 2:0ga yutb turgan paytda aytgandim, madridliklar himoyasida muammolar etarlicha topiladi deb. Amalda ham bu gap o'z isbotini topdi. Kiritgan golda Karvaxal, Ramos va Pepe hech narsa qila olishmadi. Iker Kasilyas ham ojiz qoldi.

66` Ajoyib hujum! "Real Sosedad" jamoasi o'ng qanotdan hujum uyushtirishdi. Prieto jamoadoshi bilan chiroyli o'ynadi va Ramosni ortda qoldirdi. Qanotdan uzatib berilgan to'pni esa Surutusa o'zining bir urinishi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 3:2!

65` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DAVID SURUTUSA!

64`
Ushbu standart vaziyatidan kelgan xavfni mehmonlar himoyachilari bartaraf etishni uddasidan chiqishdi.

63`
Karvaxal Velaga qarshi qoidani buzdi. Jarima to'pi.

62`
Modrichning noaniq to'p uzatishi jamoasining hujumini uzib qo'ydi.

61`
Karlo Anchelotti tik turgan holda o'yinni kuzatmoqda.

60`
Agirreche o'rniga Karlos Vela tushdi.

59`
Burchak to'pidan mehmonlar samarali tarzda foydalana olishmadi.

57`
Garet Beyl nihoyat jamoasining hujumini tashkil etdi va burchak to'pi ishlab oldi.

56`
"Real" noz uyquda! "Real Sosedad" esa hujum qilish bilan ovora.

53`
"Real" himoyachilari bosim ostida qolishdi. "Real Sosedad" futbolchilari raqib jarima maydonchasi oldida "pressing" uyushtirishmoqda.

51`
Benzema o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etib bera olmayapti. Xames Rodrigez esa deyarli ko'rinmayapti.

49`
"Real Sosedad" hisobda oldinga o'tib olishi mumkin edi. Agirrechening boshi bilan bergan zarbasini Kasilyas bir amallab oyoqlari bilan qaytarib qoldi.

47`
"Real" pozicion hujumga o'tmoqda.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!

45+2` Jarima to'pidan so'ng Ramos yana boshi bilan darvozani ishg'ol etishi mumkin edi. Zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

45` Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

45`
"Real" o'zini yo'qotib qo'ydi. Umuman!

44`
Uchrashuvni 11-daqiqasidan so'ng uyqusini qumsab uxlashga yotganlarga "salom"!

43` Alberto De la Bellaning chap qanotdan uzatib bergan to'pini Surutusa boshi bilan Kasilyas qo'riqlayotgan darvoza "tiqib" qo'ydi! CHiroyli gol!

42` Ajoyib o'yin, dahshatli bahs!


41` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DAVID! SURUTUSA! 2:2!


41`
Karlo Anchelotti ham o'z o'rnidan turishga majbur bo'lmoqda.

40`
"Real" jamoasi uchrashuv debyutida to'p bilan muomalada bo'lish bo'yicha raqibidan oldinda edi. Endi esa aksincha.

38`
Aytib o'tganimdek, mezbonlarning ushbu faolligi samara keltirdi. "Real" futbolchilari o'yinni erta "yakunlab" qo'yib xatoga yo'l qo'yishdi.

37`
Karvaxal qo'pol harakat uchun ogohlantirildi.

36`
"Real Sosedad" jamoasi ketma-ket burchak to'plarini amalga oshirishdi va bu nihoyat foyda berdi. Burchakdan oshirib berilgan to'pni Martinez oyog'i bilan darvozaga joyladi, 1:2!

35` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARTINEZ!


33`
Mezbonlar ushbu faollikni davom ettira olishsa, unda nimadandir umid qilsa bo'ladi. "Real"da esa aksincha.

31`
Garet Beylning pasidan so'ng Kroos darvoza tomon zarba yo'lladi. Lekin hisob o'zgarmay qoldi. Subikarai bu vaziyatda jamoasini goldan qutqarib qoldi.

29`
"Real Sosedad" futbolchilari ancha jonlanishdi. "Real" himoyasida esa kamchiliklar boriligi sezilib qolmoqda.

28` Maydonda Karvaxal yotibdi. O'yin davom etayotgandi. Hakam tushunmadi. SHifokorlar tezda hakamning ruxsatisiz maydonga kirishdi va himoyachiga yordam ko'rsatishdi. Bu vaziyatda mezbonlar gol kiritishdi. Lekin bu gol yakunda hisobga olinmadi.

27` Serxio Ramos jamoasini goldan qutqarib qolmoqda!

26`
Burchak to'pidan so'ng Serxio Ramos yana boshi bilan zarba yo'lladi. Xavfli chiqdi, lekin noaniq.

25` Marselo!!!!!!
Iskoning to'p uzatmasidan so'ng braziliyalik himoyachi zarba yo'lladi. Darvozabon bu erga o'zini ko'rsatdi.

24`
"Real" futbolchilari biroz o'yinni tao'lab qo'yishgandek. Raqib futbolchilari esa bundan foydalanib qolish istagidalar.

22`
"Real Sosedad" burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin bu standart vaziyati ularga naf keltirmadi.

21`
Marselo hozir qizqonchilik qildi. Beyl va Benzema tomon to'pni oshirish o'rniga o'zi gol urishni istadi. Lekin Marseloning zarbasi biroz noaniq chiqdi.

20`
"Real Sosedad" ilk hujumini amalga oshirdi. Kasilyas bu vaziyatda o'z o'rnida ekanligini eslatib qo'ydi.

19`
Bugun "Real" istaganicha hujumlar tashkil etmoqda.

18`
Granero hakam tomonidan ogohlantirildi.

17`
"Real" to'pni o'zida saqlab turibdi.

15`
Iker Kasilyas hozircha ishsiz o'tiribdi. Mezbonlar deyarli vaziyatlar yarata olishganicha yo'q.

13`
"Real" Ronaldosiz ham juda kuchli o'ynamoqda.

12`
Luka Modrichdan to'pni qabul qilib olgan Garet Beyl bir himoyachini ortda qoldirdi va to'pni darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi, 0:2!

11` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BEYL!

11`
Serxio Ramos jarima to'pini alo darajada amalga oshirdi. Uning tepgan to'pi darvoza tusiniga tegib qaytmoqda. Ramos dubl qayd etishi mumkin edi...

10` Serxio Ramos!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!


8`
"Real" tashabbusni o'z qo'liga olgan. Mezbonlar hozircha madridliklarga qarshi biror-bir chora ko'ra olmayapti.

7` Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. Kroosdan ajoyib uzatma va Ramos o'z uslubida.

5` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SERXIO RAMOS! Toni Kroosning burchakdan uzatib bergan to'pini Ramos boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 0:1!

5`
"Real" burchak to'pi ishlab oldi.

4`
Karim Benzema Garet Beyl tomon to'pni tashladi. Lekin Beyl to'pni maydonda olib qola bilmadi.

3`
"Real Sosedad" to'pni raqbidan olib qo'ydi. Mezbonlar pozicion hujumga o'tishmoqda.

2` "Real"ning ilk hujumi chap qanotdan tashkil etildi. Beylning jarima maydonchasi tomon uzatib bergan to'pini himoyachilar qaytarishga erishishdi.

1` UCHRASHUV BOSHLANDI! Har ikkala jamoaga omad tilagan holda, chiroyli futbol ko'rishga umid qolamiz...


Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionatidagi yana bir reportajimiz davom etadi. "Real Sosedad" va "Real" o'rtasidagi bahsni saytimiz orqali matnli onlayn tarzida kuzatib borishingiz mumkin. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.

- Uchrashuv soat 23:55da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика