"Real Sosedad" Monreal bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda
09 fev 2021 11:20
Yangiliklar


"Real Sosedad" Monreal bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda
"Real Sosedad" himoyachisi Nacho Monreal klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
2021 yilning yozida shartnomasi yakuniga etadigan 34 yoshli ispaniyalik futbolchi klub bilan bitimni uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Monreal joriy mavsum barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, himoyachi faoliyati davomida "Sosedad"dan tashqari "Osasuna", "Malaga" va "Arsenal" klublarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar