Nacho Monreal "Sosedad"ga o'tishga yaqin

Aslanov Jasurbek
25 avg 2019
"Arsenal" himoyachisi Nacho Monreal keyingi faoliyatini yana La Ligada davom ettirishi mumkin.

33 yoshli ispaniyalik futbolchi "Real Sosedad" bilan 2 yillik shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Agar u shartnomada ko'rsatilgani singari ma'lum miqdordagi uchrashuvlarda maydonga tushsa, kelishuv yana bir mavsum ushbu jamoada to'p tepishi mumkin.

Moneralning London klubi bilan kelishuvi 2020 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Ilgari himoyachi "Malaga" va "Osasuna" sharafini himoya qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca