"Real" – "Siti", "Arsenal" – "Bavariya" uchrashuvlarini kimlar sharhlab boradi?
09 apr 2024 21:05
Yangiliklar


"Real" – "Siti", "Arsenal" – "Bavariya" uchrashuvlarini kimlar sharhlab boradi?
Bugun ECHL chorak finalidan o'rin olgan 2 ta bahs bo'lib o'tadi.
Jumladan, "Real" o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qilsa, "Arsenal" "Emireyts"da "Bavariya" bilan to'qnash keladi. Har ikki bahs 00:00 da start oladi.
Madriddagi bahs "Sport" telekanali orqali namoyish etiladi va uni Davron Fayziev sharhlab boradi.
"Foreign Languages" telekanali orqali ko'rsatiladigan ikkinchi o'yinni esa Hasan Turdialiev va Abror Jo'raqulov sharhlashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar