"Real" - "Sevilya" uchrashuvidagi hakamda licenziya bo'lmagan ekan! Endi nima bo'ladi?
26 fev 2024 22:32
Yangiliklar
"Real" - "Sevilya" uchrashuvidagi hakamda licenziya bo'lmagan ekan! Endi nima bo'ladi?
Sobiq hakam Xaver Estrada Fernandesning malum qilishicha, "Real" - "Sevilya" uchrashuvi qaytadan o'tkazilishi mumkin.
LaLiganing 26-turida "Qirollik klubi" 1:0 hisobida g'alabaga erishdi, uchrashuv bosh hakami ikkinchi taymda olgan jarohati tufayli almashtirilgan edi. Isidro Dias de Mera o'rniga maydonga zaxira hakami Karlos Fernandes Buerga tushdi.
Sobiq hakam tvitterdagi sahifasida yozishicha, zaxiradan maydonga tushgan hakamda VAR tizimi bor o'yinlarda ishlash uchun licenziya bo'lmagan.
"Endi yana bitta savol paydo bo'ladi. O'yinda o'zini yaxshi ko'rsatgan hakamda VAR tizimi bor bahslarda ishtirok etish sertifikati bo'lmasa ham bahslarni boshqarishiga imkon beradimi. "Sevilya" o'yinni qaytadan o'tkazishni so'rashi mumkinmi?" - deb yozdi Estrada Fernandes.
Fikrlar