So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  8 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  3 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

"Real" safarda "Vilyarreal"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Real" safarda "Vilyarreal"ni mag'lub etdi

Ispaniya chempionatining 6-turidan o'rin olgan "Vilyarreal" – "Real Madrid" uchrashuvning eng asosiy vaziyatlarini shu erda kuzatib boring.
Vilyarreal – Real Madrid 0:2
27 sentyabr, 19.00, El Madrigal
Gollar:
Modrich 32, - 0:1 (Kroos). Ronaldu 39, - 0:2 (Benzema).
Vilyarreal –
Asenxo, Mario, Gabriel, Musakko, Ruis, Trigeros (Xonatan Dos Santos, 67), B.Soriano, M. Gomes (X.Espinosa, 60), Kani, Vetto, Ikechukvu Uche (Jovanni Dos Santos, 64).
Real Madrid
– Kasilyas, Ramos, Karvaxal, Varan, Marselo (Nacho, 75), Beyl, Xames (Ilyarramendi, 73), Kroos, Modrich, Benzema (Isko, 82), Ronaldu.
Ogohlantirish:
Serxio Ramos 38


                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                        YANGILASH

90+3. Uchrashuv tugadi! "Real" safarda navbatdagi g'alabaga erishdi.

90+1.
"Vilyarreal" ham barchasini unutib hujumga o'tayotgani yo'q. Barchasini tushunib turibdi bu jamoa futbolchilari ham

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

87.
Musakkio jarohat oldi va maydonni tark etdi. Boshqa o'zgarish yo'qligi uchun mezbonlar o'yinni 10 kishi bo'lib tugatishadi

84.
O'yin anchagina zerikarli tugamoqda. Tushunarli "Real" ECHL uchun kuchini asrmoqda. G'alaba qo'lga kiritib bo'lindi

82. O'zgarish. "Real".
Benzema o'rniga Isko tushdi

80.
Jarima maydoniga uzatilgan to'pdan so'ng Vetto zarba berdi, noaniq

80.
Ilyarramendi o'z darima maydoni yonida Espinosani yiqitdi. Xavfli vaziyat!

76.
"Vilyarreal"ning hujumlari o'xshamayapti, nimadir qilishmoqchi bo'lishmoqda, bo'lmayapti...

75. O'zgarish. "Real".
Marselo o'rniga Nacho tushdi

73. O'zgarish. "Real".
Xames Rodriges o'rniga Ilyarramendi tushdi

70. Espinosaaaaa!
Raqib jarima maydoni ichida ikki nafar raqibni chalg'itib zarba berdi, Kasilyas kuchsiz zarbadan so'ng to'pni egallab oldi

68.
Jovanni dos Santos maydonga yiqilib tushdi, hakam bu vaziyatda hech nima bo'lmagan deb hisobladi. Serxio Ramos u bilan to'qnashib ketgandi

68.
Maydon egalari bosh murabbiyi uchala o'zgarishni ham amalga oshirib bo'ldi. Anchelotti esa shoshilmayapti

67. O'zgarish. "Vilyarreal".
Trigeros o'rniga Xonatan Dos Santos tushdi

66.
Mezbonlarning tezkor hujumi, Jovannining oshirgan to'pi xavfli vaziyatni keltirib chiqardi, ammo zarba yo'q

65.
Ronaldu-Benzema-Xames-Beyl kombinaciyasidan so'ng Garet to'pni darvoza yoniga oshirdi, darvozabon o'z o'rnida

63. O'zgarish. "Vilyarreal".
Uche o'rniga Jovanni Dos Santos tushdi

60.
Ronaldu raqib jarima maydoni ichida to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi va imkoniyat boy berildi

60. O'zgarish. "Vilyarreal".
Gomes o'rniga Espinosa tushdi

57.
"Real"ning uzoq davom etgan hujumi...Xames to'pni jarima maydoniga uzatdi, Benzema boshi bilan to'pni jarima maydoniga oshirdi. Marselo to'p uchun kurashda qoida buzdi

55.
"Vilyarreal" gol urish uchun harakat qilmoqda, "Real" esa sovuqqonlik bilan to'pni nazorat qilmoqda

53.
Xamesning zarbasi noaniq chiqdi

51. Xavfli vaziyat! Vetto raqib jarima maydoni ichida to'pni o'ziga bo'ysuntira olmadi, uning pasidan so'ng Mario Gaspar zarba berdi, noaniq!

50.
Gabrielning zarbasi to'g'ri Kasilyasning qo'liga borib tushdi

49.
Moyya Gomesning zarbasi Varanga tegib maydonni tark etdi

49.
Marseloning to'p uzatishi o'xshamadi, to'pni darvozabon egallab oldi

47. Xavfli vaziyat!
Trigeros yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi. Biroq zarba noaniq

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45. Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha "Real" 2:0 hisobida oldinda. 15 daqiqa dam olib yana qaytamiz...

43.
Hozirga qadar zarbalar soni 9:8, aniq zarbalar soni esa teng 3:3.

42. Zarbaaaaaaaaa! Marselo darvozabon rolida! Jarima maydoni ichidan yo'llagan zarba yo'liga Marselo o'zini tashladi va soni bilan to'pni qaytardi!

41. Xavfli vaziyayayayat!
Berilgan zarbasini Kasilyas qaytardi! Qaytgan to'pni Vetto yaqin masofadan darvozaga yo'lladi, yana Iker o'zini ko'rsatdi! To'g'ri Vetto o'yindan tashqari holatda ekan

39. Xamesning qoyilmaqom pasidan so'ng Benzema raqib darvozasiga yaqinlashib borib to'pni Ronalduga oshirdi, Krishtianu esa to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi - 0:2.

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDUUUUUUUUU!

38.
Bruno Sorianoning zarbasi yulduzli jonli devorga tegib qaytdi

37.
Ramos Ucheni yiqitgani uchun ogohlantirildi. Jarima to'pi.

37. Ogohlantirish. "Real".
Serxio Ramos

35. Beyl o'ng qanotdan tezkor ravishda oldinga o'tdi, biroq uchta futbolchini aldab o'ta olmadi

35.
Ortda qolgan vaqt ichida tinib tinchimas Vetto uch marta zarba beribdi

34.
"Vilyarreal"ning javobi! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Vetto boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

32. Luka Modrich chamasi 20 metrlardan to'pni darvozaga joylab qo'ydi - 0:1.

32. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! LUKA MODRICH! 0:1

28. Xavfli vaziyayayayayayayayayayayayayat! Vetto Varan va Serxio Ramosni aldab o'tib darvozaga zarba berdi, to'p to'sin ustidan o'tib ketdi!!!!

27.
Jarima to'pi Kroos tomonidan jarima maydoniga uzatdi, Ramos va yana bir qator futbolchilar o'yindan tashqari holatda qolib ketishdi

25.
Gabriel Ronalduni yiqitdi, Krishtianu maydonda yotibdi. Hakam jarima to'pi belgiladi. Darvozagacha 22 metrcha masofa bor

24.
Garet Beyl to'pni jarima maydoniga ohistagina tashladi, Asenxo to'pni o'ziniki qildi

22.
Vetto o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. Navbatdagi hujum chap qanotdan tashkil etildi, bu safar ham Varan faol

21.
Negadir uchrashuvda xavfli vaziyatlar kam

19.
"Real" to'pni o'zida ushlab turibdi va sekin asta hujumga o'tmoqda

16.
Stadion tepasida samalyot uchib yuribdi, uning ortida Ronaldu Yunaytedga qayt degan chorlov bor

15.
"Real" burchak to'piga ega bo'ldi. Gabriel to'pni maydon tashqarisiga yo'lladi. Burchak to'pidan so'ng Xamesning chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi

13.
O'yin qarama qarshi hujumlar ostida davom etmoqda

12.
Mezbonlar burchak to'pini ishlab olishdi, Kanining zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Vetto darvozaga yo'lladi. Biroz noaniq!

10.
Ronalduning chap oyoqda erlatib bergan zarbasi aniq bo'ldi, darvozabon o'z o'rnida

9.
Kroosning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

8.
"Real"ning hujumi, Karvaxalning pasidan so'ng himoyachilar to'pni qaytarishdi, Marselo raqib jarima maydoni ichida faol harakat qilib burchak to'pini ishlab oldi.

3. Uchening zarbasi!!! Kasilyas o'z o'rnida

1. Uchrashuv boshlandi!

- O'yinning eng asosiy vaziyatlari taqdim etib boriladi.

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика