"Real" Ronalduni ortga qaytarmoqchi: klub undan maoshini 25 mln evrogacha kamaytirishni so'raydi. "Yuve"da portugaliyalik 31 mln evro oladi
25 mar 2021 15:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/627165_original.jpg)
![](/upload/storage/627165_220.jpg)
"Real" Ronalduni ortga qaytarmoqchi: klub undan maoshini 25 mln evrogacha kamaytirishni so'raydi. "Yuve"da portugaliyalik 31 mln evro oladi
"Real" Krishtianu Ronalduni "Yuventus"dan qaytarish variantini o'rganib chiqmoqda.
As xabariga ko'ra, Madrid klubi futbolchiga "Yuve" berayotgan maoshni to'lashga tayyor emas. Turinda Krishtianu yiliga soliqlardan keyin 31 mln evro ishlab topadi. "Real" Ronaldudan maoshini 6 mln evroga kamaytirishni – 25 mln evrogacha tushirishni so'raydi.
"Madrid" 36-yoshli forvardni qaytarishni jiddiy o'ylab qolgan, ammo "Real" uchun bu transfer asosiy transfer maqsadi emas. SHunday bo'lsada, klub xodimlari futbolchi vakillari bilan aloqada bo'lib turgani malum qilinmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar