So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  3 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  16 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  26 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

"Real" qoidani buzdi, jamoaga texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin, agarda... Yangiliklar

"Real" qoidani buzdi, jamoaga texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin, agarda...

"Xetafe"ga qarshi o'yinda "Real" zaxiradan futbolchini tushirish chog'ida xatolikka yo'l qo'ydi.

Gap shundaki, LaLiganing 35-turi doirasida "Xetafe"ga qarshi o'yin vaqtida bosh hakam Xuan Martines Munuera "Real"ga almashtirishni bekor qilib, jarohatlangan Eduardo Kamavingani maydondan olinishiga yordam berdi. Bu esa FIFA qoidalariga zid.

Bahsning 84-daqiqasida "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti maydonga himoyachi Alvaro Odriosolani maydonga tushirmoqchi bo'ldi. U uchrashuvdagi gol muallifi Marko Asensioning o'rnini egallashi kerak edi. O'shanda Asensio maydonni tark etgan zahoti Eduardo Kamavinga zaxiraga olinishini so'radi. Yakunda Asensio maydonda qoldi va Odriosola aynan Kamavinganing o'rnini egalladi.

Gap shundaki, FIFA qoidasiga ko'ra, almashtirilayotgan futbolchining maydondan chiqishi va maydonga tushayotgan futbolchining chiziqdan o'tib, maydonga tushganidan keyin almashtirilish jarayoni yakunlangan hisoblanadi va buni bekor qilib bo'lmaydi.

O'z navbatida Odriosola chiziq xatlab, maydonga tushib bo'lgan va Asensio chiziq xatlab maydondan chiqqandi. O'z navbatida bosh hakam ham bu pallada xato qildi va "Real"ga zaxiraning bekor qilinishida to'siq qo'ymadi.

Agarda "Xetafe" bu holat uchun LaLigaga arz bilan chiqsa, "Real"ga texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin. Biroq "Xetafe" shikoyat kiritishni maqul topmadi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика