"Real" qishda "Lester" yarim himoyachisini qo'lga kiritishga urinadi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2021, 21:12
"Lester" xavbeki Uilfred Ndidi jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, 24 yoshli nigeriyalikning xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqmoqda. "Qamoqranglilar" ustozi Karlo Anchelotti maydon markazini kuchaytirish niyatida va "tulkilar" yarim himoyachisida ideal nomzodni ko'rmoqda. 

Aytishlaricha, "galaktikos" qishdayoq ushbu transferga qo'l urishi mumkin.

Ndidining transfer narxi 60 million evroni tashkil qiladi, uning klub bilan kelishuvi esa 2024 yilning yozigacha amala qiladi.

Ndidi joriy mavsumda Angliya chempionatida 7 o'yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes