"Real" - PSJ – muddatidan oldingi final. Madridliklar tajribaliroq, ularga ustunlikni beraman". Anelka CHL haqida
11 fev 2022 10:15
Yangiliklar


"Real" - PSJ – muddatidan oldingi final. Madridliklar tajribaliroq, ularga ustunlikni beraman". Anelka CHL haqida
"Real" va PSJ sobiq hujumchisi Nikolya Anelka jamoalarning CHempionlar Ligasi 1/8 final uchrashuvidagi to'qnashuvi haqida gapirdi.
"Bu muddatidan oldingi final, hamma narsa bo'lishi mumkin. Ikki ajoyib, ikki buyuk klub. Men biroz ustunlikni "Real"ga beraman, sababi ular tajribaliroq. Bu bosqichga kelganida, u juda ham kuchli jamoani namoyish etadi.
PSJda ham ajoyib futbolchilar bor, ular ham kerakli natijalarga erishishlari mumkin", - deydi Anelka.
"Real" va PSJ o'rtasidagi ilk o'yin 15 fevralda, ikkinchisi esa 9 martda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar