“Real” prezidenti: “Pogba? Kim u?”
14 jan 2020 00:01
Yangiliklar
“Real” prezidenti: “Pogba? Kim u?”
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres Ispaniya Superkbogi finalida “Atletiko” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning Ispaniya klubiga o'tishi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
“Men hech qanday Pogbani tanimayman. Kim o'zi u?” deya Peresning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo.
Ilgariroq Pogba “Real” futbolchisiga aylanishi haqida xabarlar chiqqandi. Francuz futbolchisining MYU bilan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar tuzilgan.
Fikrlar