"Real" olti futbolchisini sotishga tayyor, ammo Karlo Anchelotti ulardan ikkitasini saqlab qolmoqchi
23 iyu 2021 20:44
Yangiliklar
"Real" olti futbolchisini sotishga tayyor, ammo Karlo Anchelotti ulardan ikkitasini saqlab qolmoqchi
Yozgi transferlar mavsumida madridliklar bir necha futbolchisi bilan xayrlashmoqchi.
Madridning "Real" klubi birdaniga olti futbolchini transferga qo'yadi. "Qirollik klubi" xayrlashishga tayyor bo'lgan o'yinchilar ro'yxatidan Eden Azar, Garet Beyl, Isko, Martin Edegor, Luka Yovich va Rafael Varan joy olgan. Jamoada doimiy ravishda maydonga tushadigan o'yinchi Varan hisoblanadi, ammo uning agentlari klub bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha bildirilgan takliflarini qabul qilishdan bosh tortmoqda. O'z navbatida, "qaymoqranglilar" ustozi Karlo Anchelotti Eden Azar va Garet Beyl bilan shaxsan suhbatlashmoqchi hamda ularni Madrid klubida olib qolmoqchi.
Fikrlar