"Real": Natija va futbolchilarning sifati o'rtasida katta farq bor

Aslanov Jasurbek
30 okt 2018, 11:40
"Real" rasmiy saytida Xulen Lopetegi iste'fosi borasida bayonot paydo bo'ldi.

"Jamoaning o'yin dinamikasini o'zgartirish, sovrinlar uchun kurashni to'xtatmaslik uchun shunday qarorga kelindi. Direktorlar kengashining fikricha, "Real" futbolchilari sifati va hozirgi natijalar o'rtasida katta farq mavjud. Jamoamizning sakkiz nafar o'yinchisi "Oltin to'p" uchun nomzodlar qatoridan joy oldi.

Klub Xulen Lopetegi hamda uning shtabiga minnatdorchilik bildiradi va faoliyatida omad tilaydi. Jamoani vaqtincha Santyago Solari boshqaradi" - deyiladi rasmiy bayonotda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com